Daryo

Turkiyada kuyov toʻyidagi otishmada vafot etdi

Kelinning ayol qarindoshi uni otganlikda gumon qilinmoqda.

1 daqiqa o‘qish1 288 ko‘rishlar0 izoh12

Turkiyada 23 yoshli kuyov toʻyida havoga uzilgan oʻq oqibatida vafot etdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Hodisa Giresun viloyatining Shebinkarahisar shahrida sodir boʻlgan. Kuyovni otganlikda kelinning ayol qarindoshi gumon qilinmoqda. Jabrlanuvchi og‘ir jarohat bilan shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qololmagan.

Otishmada gumon qilingan ayol qo‘lga olingan. Tintuv paytida uning hovlisidan litsenziyasiz ikkita to‘pponcha topilgan. Prokuratura sodir bo‘lgan voqeaning barcha holatlarini aniqlash uchun tergov boshlagan.

Mahalliy aholi ta’kidlashicha, Turkiyaning shimolida to‘ylarda havoga o‘q uzish keng tarqalgan an’ana hisoblanadi. Hokimiyat organlarining ogohlantirishlariga qaramay, shunga o‘xshash hodisalar har yili yuz bermoqda. 

Bir hafta oldin xuddi shunday voqea Trabzon shahrida sodir bo‘lgandi. O‘shanda otishma oqibatida bir kishi halok bo‘lib, yana ikki kishi tan jarohati olgan. Otishmalar sababli to‘y marosimini to‘xtatishga majbur bo‘lishgan. Ikki kishi hibsga olingan, ulardan biri politsiya xodimi ekani ma’lum bo‘lgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar