Manbalarga ko'ra, AQSh va Yevropa davlatlarining Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari bo'yicha yakuniy qarorga kelishi uchun hali vaqt bor. Ammo yevropalik amaldorlarning aytishicha, ular Trampning Ukrainaga yordam bermaslik xohishini yengib o'tgan.
AQSh Ukrainaga razvedka vositalari, boshqaruv tuzilmalari va havo hujumidan mudofaa tizimida yordam berishni rejalashtirmoqda.
Trampning bunday qarorga kelishiga Rossiya bilan tinchlik muzokaralarining natijasiz tugashi sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. Shuningdek, u Ukrainaga yordam bermasdan turib tinchlik uchun Nobel mukofotini ololmasligini ham anglab yetgan. Yevropaning harbiy xarajatlarni yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirish qarori esa Oq uyning ishonchini yanada mustahkamlagan.








