Daryo

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Xitoyga boradi

Tashrif dasturidan SHHT davlat rahbarlari kengashi majlisi, Xitoy raisi bilan uchrashuv va boshqa tadbirlar oʻrin olgan.

1 daqiqa o‘qish1 139 ko‘rishlar0 izoh2

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpin taklifiga binoan 30-avgust – 3-sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Bu haqda Prezident axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev 31-avgust–1-sentyabr kunlari Tyanszin shahrida oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisi va “SHHT+” formatidagi sammitda ishtirok etadi.

“Tadbirlar kun tartibidan ustuvor yoʻnalishlarda koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirish va tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirishning dolzarb jihatlari oʻrin olgan. Uning yakunida Tyanszin deklaratsiyasi, xavfsizlik, raqamli iqtisodiyot, “yashil” sanoat, energetika, turizm va boshqa sohalarda sheriklikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan qoʻshma hujjatlar va qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan”, deyiladi manbada.
Tashrif doirasida 2-sentyabr kuni Pekin shahrida Oʻzbekiston va Xitoy rahbarlari muzokaralar oʻtkazadi. Shu bilan birga, Xitoy rasmiy shaxslari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.

Muzokaralarda Oʻzbekiston bilan Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekiston prezidenti 3-sentyabr kuni Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80-yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda qatnashadi.

Avvalroq Xitoyning China Daily nashrida Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston va SHHT: umumiy tinchlik va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik” nomli maqolasi eʼlon qilingandi. Unda davlat rahbari SHHT Oʻzbekiston uchun nafaqat tashqi siyosiy maydon, balki milliy manfaatlarni amalga oshirish instrumenti ekanini qayd etgan.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar