Daryo

Meksika parlamentida deputatlar mushtlashdi (video)

Senatorlar mushtlashuv yuzasidan jinoiy ish ochish va deputatlik mandatidan mahrum qilishni ko‘rib chiqmoqda

1 daqiqa o‘qish1 280 ko‘rishlar0 izoh0

Meksika parlamentida 27-avgust kuni deputatlar o‘rtasida janjal kelib chiqib, mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Mushtlashuv muxolifatdagi Institutsional-inqilobiy partiya (PRI) yetakchisi Alejandro Moreno va hukmron “Morena” partiyasidan Senat raisi Gerardo Fernandez Norona o‘rtasida sodir bo‘ldi. Hodisa xorijiy qurolli kuchlarning Meksikada joylashtirilishi masalasi yuzasidan kechgan “keskin bahs-munozaralar”dan so‘ng boshlangan. Moreno unga so‘z berilmaganidan norozilik bildirib, Noronaga yaqinlashgan va unga qo‘l ko‘targan.

 Vaziyat tezda keskinlashib, Moreno zarbalarini spikerni himoya qilishga uringanlarga ham yo‘naltirgan. Oqibatda bir fotojurnalist ham jarohat olgan. Mazkur hodisa parlamentda katta siyosiy rezonansga sabab bo‘lgan. Senat a’zolari Moreno ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atish, uni intizomiy javobgarlikka tortish va hatto deputatlik mandatidan mahrum etish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar