Daryo

“Barselona” futbolchisi La Liganing boshqa klubiga o‘tishi mumkin

Kataloniyaliklar Mark Kasadoni qo‘yib yuborishga tayyor, biroq kamida 30 million yevro talab qilmoqda

1 daqiqa o‘qish5 348 ko‘rishlar0 izoh1

Kataloniyaning “Barselona” klubi tarkibida to‘p surayotgan 21 yoshli yarim himoyachi Mark Kasadoga La Liganing boshqa vakili — “Betis” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Ma’lumotlarga ko‘ra, Andalusiya klubi futbolchi uchun rasmiy taklif yuborgan, biroq Kasado “ko‘k-anorranglilar” safini tark etishni istamayapti. Diario Sport nashrining yozishicha, futbolchi yangi bosh murabbiy Hansi Flik qo‘l ostida jamoada qolishni va asosiy tarkib uchun kurashishni maqsad qilgan.

“Betis” Kasadoni yaqinda “Atletiko” safiga yo‘l olgan Jonni Kardozaning o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

“Barselona” futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor, biroq kamida 30 million yevro miqdorida mablag‘ talab qilmoqda. “Betis” esa bu summani to‘lashga tayyor emas va narxning pasaytirilishiga umid qilmoqda.

  • Mark Kasado o‘tgan mavsum La Liga doirasida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
  • Futbolchining “Barselona” klubi bilan shartnomasi 2028-yil yoziga qadar amal qiladi.
  • Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 30 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar