Daryo

Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

Mamlakat bosh vaziri Ilie Bolojan NATO ittifoqchilariga mamlakat harbiy bazalaridan foydalanishga ruxsat berish Ukrainada barqaror tinchlikni ta’minlashga hissa qo‘shishi mumkinlgini aytgan

1 daqiqa o‘qish5 059 ko‘rishlar0 izoh0

Ruminiya bosh vaziri Ilie Bolojan Buxarestning NATO ittifoqchilariga o‘z harbiy bazalarini taqdim etishga tayyorligini va buni Ukrainada tinchlikni ta’minlash bo‘yicha harakatlarga qo‘shilgan hissa deb hisoblanishini ma’lum qildi. Uning so‘zlarini Agerpres agentligi keltirmoqda.

Foto: Getty Images

Hukumat rahbarining ta’kidlashicha, Ruminiya ikkita asosiy masalada qat’iy pozitsiyasini saqlab qolmoqda. Birinchisi - mamlakat Ukrainaga qo‘shin yubormaydi. Ikkinchisi - NATOga a’zoligini hisobga olgan holda, alyans kuchlari bilan birgalikda foydalanilayotgan Ruminiya bazalari ittifoqchilar, shu jumladan Amerika Qo‘shma Shtatlari uchun ochiq bo‘lishi kerak.

“Hozirgi kunda ham aeroportlarimizdan havo patrullari amalga oshirilmoqda, Qora dengiz qo‘riqlanmoqda, qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Harbiy bazalarimizning NATO ittifoqchilariga taqdim etilishi Ruminiyaning Ukrainada uzoq muddatli tinchlikni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan hissasi bo‘lishi mumkin”, dedi Bolojan.

Vashington Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari tizimidagi o‘z rolini kamaytirishni rejalashtirayotganini xabar bergan edi. AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens moliyaviy yuk Yevropa davlatlari zimmasiga tushishi kerakligini ta’kidlagandi.

20-avgust kuni NATO shtab-kvartirasida alyans mamlakatlarining elchilari darajasida Shimoliy Atlantika kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Vashingtondagi muzokaralar natijalari va Ukraina uchun kelajakdagi xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi bitimni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

O‘sha kunning o‘zida NATO davlatlari bosh shtablari rahbarlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar