Daryo

“O‘ttizta davlat Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari konsepsiyasi ustida ishlamoqda” — NATO bosh kotibi 

AQSH ham ushbu xavfsizlik kafolatlari tizimiga qo‘shilish istagini bildirgan va bu borada Vashingtonning roli yaqin kunlarda muhokama qilinadi

2 daqiqa o‘qish3 332 ko‘rishlar0 izoh0

O‘ttizta mamlakatdan iborat guruh Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari konsepsiyasi ustida ishlamoqda. Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan Rossiya-Ukraina tinchlik jarayoni doirasidagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: AP
“So‘nggi oylarda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron boshchiligidagi Yaponiya va Avstraliyani o‘z ichiga olgan 30 mamlakatdan iborat guruh ushbu xavfsizlik kafolatlari ustida ishlamoqda”, dedi u.

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, AQSH ham ushbu xavfsizlik kafolatlari tizimiga qo‘shilish istagini bildirgan va bu borada Vashingtonning roli yaqin kunlarda muhokama qilinadi.

Ryuttening ta’kidlashicha, Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot boshlash orqali vaziyatni “boshi berk ko‘chadan olib chiqqan”, shu bilan birga Rossiyaga “bosim” o‘tkazgan. Ryuttening fikricha, kechagi uchrashuv “juda muvaffaqiyatli” bo‘lgan.

Uning ta’kidlashicha, Tramp Putin bilan telefon orqali suhbatda uni hali o‘tkazilish joyi aniqlanmagan uch tomonlama uchrashuv oldidan Zelenskiy bilan uchrashishga ko‘ndirgan.

Shu bilan birga, Ryutte Ukrainaning NATOga a’zoligi hozirgi muzokaralar mavzusi emasligini ta’kidlagan.

“2024-yilgi sammitdan boshlab NATOning rasmiy pozitsiyasi shundan iboratki, Ukrainaning NATOga qo‘shilishi ortga qaytmas yo‘ldir, ammo biz bu yerda NATOga a’zolikni muhokama qilmayapmiz. Biz 5-moddaga o‘xshash Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilmoqdamiz”, deya qo‘shimcha qildi Ryutte.

Shuningdek, u uchrashuvda Ukrainaning hududiy yon berishlari masalasi muhokama qilinmaganini bildirgan.

18-avgust kuni kechqurun Tramp Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ochiq qism yarim soatdan sal kamroq davom etdi. Muzokaralarda NATO bosh kotibi Mark Ryutte, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Fridrix Merts, Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Italiya bosh vaziri Jorj Meloni ishtirok etdi.

Trampning o‘zi uchrashuvni “juda samarali” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar AQSH bilan kelishilgan holda Yevropaning turli davlatlari tomonidan taqdim etiladigan Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilgan.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar