Daryo

Genetik mutatsiya yordamida barcha viruslarga qarshi universal immunitet hosil qilish usuli topildi

Sinovlarda koronavirus bilan ham muvaffaqiyatli tajriba o‘tkazildi

1 daqiqa o‘qish8 603 ko‘rishlar0 izoh0

Kolumbiya universiteti olimlari odamning noyob gen mutatsiyasini qayta yaratib, laboratoriya hayvonlarida deyarli barcha viruslarga qarshi universal himoya usulini kashf etdi. Bu haqda Science Translational Medicine jurnalidagi tadqiqot maqolasiga tayanib, Anadolu xabar berdi.

Foto: Science

Gap ISG15 geni yetishmovchiligiga doir mutatsiya (o‘zgarish) haqida ketmoqda. Bu mutatsiyaga ega odamlarda immun tizimi doimiy faol bo‘ladi, shuning uchun ular gripp yoki qizamiq kabi viruslarni yuqtirganda ham kasallik faqat yengil alomatlar bilan o‘tib ketadi. Tadqiqot muallifi, Kolumbiya universiteti immunologi Dushan Bogunovich shunday dedi:

“Agar boshqalarda ham shu turdagi mutatsiyani yuzaga keltira olsak, odamlarni deyarli barcha viruslardan himoya qilish mumkin bo‘ladi”.

Olimlar mRNA texnologiyasi yordamida sichqon va og‘maxonlarda vaqtinchalik ISG15 yetishmovchiligini hosil qilgan. Natijada hayvonlarning tanasida 10 ta maxsus oqsil ishlab chiqarilib, ular viruslarni turli bosqichlarda bloklab qo‘ygan.

Sinovlarda SARS-CoV-2 (koronavirus) bilan ham tajriba o‘tkazilib, oqsillar infeksiyani cheklashga muvaffaq bo‘lgan. Himoya ta’siri 4 kungacha saqlangan. Mutaxassislar bu usul kelajakda, ayniqsa tibbiyot xodimlari uchun, qisqa muddatli himoya vositasi bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Biroq olimlar bu texnologiya hali sinov bosqichida ekanini va insonlarda qo‘llash uchun biroz vaqt kerakligini ta’kidlamoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar