Daryo

Rodrigo “Liverpul”ga o‘tishni xohlamoqda

“Qirollik klubi” bosh murabbiyi Xabi Alonso esa futbolchini kamida bir yil jamoada olib qolmoqchi

1 daqiqa o‘qish6 314 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo Goes kelajagi borasida qaror qabul qilgan. ESPN nashrining xabar berishicha, agar braziliyalik futbolchi yozgi transfer oynasida jamoani tark etsa, u Angliya Premer Ligasining “Liverpul” klubiga o‘tadi.

Foto: ESPN

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” rahbariyati Rodrigo uchun 100 million yevro so‘ramoqda. Biroq hozircha mersisaydliklar ushbu summani to‘lashga tayyor emas.

ESPN nashrining qo‘shimcha qilishicha, “Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso futbolchini jamoada olib qolmoqchi. U kamida yana bir mavsum Rodrigoni tarkibda saqlab qolishni istamoqda, chunki hujumchi avvalgi mavsumlarda o‘z salohiyatini namoyish etgan. Biroq so‘nggi oylarda braziliyalik futbolchi o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsata olmayapti va ko‘proq zaxirada qolmoqda. Aynan shu omil uning jamoadan ketish ehtimolini oshirmoqda.

Avvalroq Rodrigo bilan “Manchester Siti” ham jiddiy qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “shaharliklar” unga 2030-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilishga tayyor. Biroq hozircha “Siti” rahbariyati “Real” bilan rasmiy muzokara o‘tkazmagan.

  • Ma’lumot uchun, Rodrigo o‘tgan mavsum “Real” safida jami 54 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
  • Uning klub bilan shartnomasi 2028-yil yoziga qadar amal qiladi.
  • Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar