Daryo

Nigeriyada qayiq ag‘darilib ketdi: 50 dan ortiq yo‘lovchi bedarak yo‘qoldi

Bortdagi yo‘lovchilar mahalliy bozorga yo‘l olgan edi. Ulardan atigi 4 nafari tirik holda topildi

1 daqiqa o‘qish3 387 ko‘rishlar0 izoh0

Nigeriyaning Sokoto shtatida daryo bo‘yida fojia yuz berdi. Milliy favqulodda vaziyatlar agentligining ma’lum qilishicha, mahalliy bozorga yo‘l olgan 50 dan ortiq odamni olib ketayotgan qayiq 17-avgust kuni Goronyo daryosida ag‘darilib ketdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: BBC

Rasmiylarning ma’lum qilishicha, hozirgacha faqat 4 kishi tirik holda topilgan, qolgan 40 dan ziyod yo‘lovchini qidirish ishlari davom etmoqda. Qutqaruvchilar mahalliy aholi bilan hamkorlikda qidiruvni kuchaytirgan. Nigeriyada bunday baxtsiz hodisalar tez-tez sodir bo‘ladi. Asosiy sabablar — ortiqcha yuk va yo‘lovchi olish, texnik jihatdan nosoz kemalar hamda xavfsizlik qoidalarining deyarli nazorat qilinmasligi.

Niger daryosida 2024-yilning dekabr oyida 200 dan ortiq odamni olib ketayotgan qayiq ag‘darilib, 54 jasad topilgandi. 2024-yil noyabrida ham shunga o‘xshash hodisada deyarli 200 kishi halok bo‘lgandi. Shuningdek, ikki yil avval, 2023-yilda 300 ga yaqin odam to‘y marosimidan qaytayotib, qayiqda halokatga uchragan va oqibatda 100 dan ortiq odam cho‘kib ketgan edi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qonun bo‘yicha barcha yo‘lovchilar qutqaruv jileti kiyishi shart, biroq qishloq joylarda ularning yetishmasligi baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lmoqda. Lagos shahridagi dengiz xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Chidi Okeke BBC’ga bergan intervyusida shunday deydi:

“Nigeriyada kema halokatlarini kamaytirish uchun qattiq tekshiruvlarni va xavfsizlik qoidalarini joriy etish hamda cheklovlarni qat’iy nazorat qilish zarur. Shu bilan birga, mahalliy aholini xavfsizlik haqida muntazam xabardor qilib borish kerak. Filippin va Bangladesh kabi mamlakatlarda kema kapitanlari qat’iy ro‘yxatdan o‘tadi, ortiqcha yuk va yo‘lovchi olish taqiqlanadi. Nigeriyada ham shunga o‘xshash tizim joriy etilishi fojialarni sezilarli darajada kamaytirgan bo‘lar edi”.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar