Daryo

Yamanda migrantlar qayig‘i ag‘darilib ketdi: 60 dan ortiq afrikalik halok bo‘ldi

Efiopiyadan Fors ko‘rfaziga yo‘l olgan qayiqda jami 154 nafar migrant bo‘lgan. Ulardan faqat 12 nafari omon qoldi

1 daqiqa o‘qish4 482 ko‘rishlar0 izoh0

Yaman sohillari yaqinida afrikalik migrantlarni olib ketayotgan qayiqlardan biri 3-avgust kuni ag‘darilib ketdi. Hodisa oqibatida kamida 68 nafar odam halok bo‘lib, 74 nafari bedarak yo‘qolgan. Bu haqda BMT Xalqaro migratsiya tashkilotiga tayanib, CNN xabar berdi.

Foto: Voice of America

BMTning Yamandagi vakili Abdusattor Esoyevning aytishicha, halokat erta tongda Yaman janubidagi Abyan viloyati sohillarida, Aden ko‘rfazi yaqinida sodir bo‘lgan. Qayiqda jami 154 nafar efiyopiyalik migrant bo‘lgan. Ulardan faqat 12 nafari tirik qolgan, qolganlar halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. 54 nafar jasad Xanfar qishlog‘i sohillariga chiqib qolgan. 14 nafar halok bo‘lganlar Zinzibar shahridagi kasalxona morgiga olib borilgan.

Abyan xavfsizlik boshqarmasi bu qayiq halokati yuzasidan keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayotganini bildirgan. Qirg‘oq bo‘ylab ko‘plab jasadlar topilgan. Yaman ichki urushdan aziyat chekayotganiga qaramasdan, bu mamlakat Sharqiy Afrika va Afrika Shoxi mamlakatlaridan (Somali, Efiopiya va boshqalar) boy Fors ko‘rfazi davlatlariga ish izlab ketayotgan migrantlar uchun asosiy yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Migrantlar bu yo‘lda ko‘pincha xavfli va haddan ortiq to‘la qayiqlarda kontrabandachilar tomonidan olib o‘tiladi.

So‘nggi yillarda Yaman yaqinida bir necha bor kemalar cho‘kib ketishi oqibatida yuzlab migrantlar halok bo‘lgan. Jumladan, 2024-yil mart oyida 4 ta kema ag‘darilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 186 kishi bedarak yo‘qolgan edi.

Xalqaro migratsiya tashkiloti hisobotiga ko‘ra, 2024-yilda Yamanga 60 mingdan ortiq migrant yetib kelgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan ancha kam (97 ming), bu esa suv havzalarida nazorat kuchayganidan dalolat beradi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar