Daryo

Yangi zelandiyaliklar ishsizlik tufayli mamlakatni tark etmoqda

Yangi Zelandiyaning ko‘plab aholisi boshqa mamlakatlar orasida Avstraliyani afzal ko‘rishmoqda, chunki u yerda viza talab qilinmaydi va ish topish nisbatan oson

1 daqiqa o‘qish3 609 ko‘rishlar0 izoh0

Yangi zelandiyaliklar ishsizlik va iqtisodiy tanazzul sababli mamlakatdan chiqib ketmoqda. So‘nggi 12 oy ichida mamlakatni tark etgan fuqarolar soni 71,8 ming kishini tashkil etgan. Bu 2012-yil fevralida qayd etilgan 72,4 ming kishilik ko‘rsatkichdan keyingi rekord hisoblanadi. Bu haqda mamlakat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga asoslanib, “Interfaks” nashri xabar bermoqda.

Foto: Shutterstock

Mamlakatni tark etganlarning uchdan bir qismi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Ularning ulushi hisobotda 38 foizni tashkil etdi.

Tahlilchilar buni mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz bilan izohlamoqda va uni 1991-yildan buyon eng og‘ir holat deb baholanmoqda. Ularning fikricha, buning asosiy sabablari mehnat unumdorligining pastligi va mamlakat rahbariyatining noto‘g‘ri qarorlaridir. Mamlakat iqtisodiyot vaziri Nikola Uillis esa iqtisodiy pasayishni markaziy bankning inflyatsiyaga qarshi haddan ortiq faol kurashi tufayli yuz bergan deb hisoblaydi.

Yangi Zelandiyaning ko‘plab aholisi boshqa mamlakatlar orasida Avstraliyani afzal ko‘rmoqda, chunki u yerda viza talab qilinmaydi va ish topish nisbatan oson. Avstraliyada ularga malakali kadrlar yetishmayotgan sohalarda ishga joylashish uchun imtiyozlar taklif etilmoqda.

2022-yilda Yangi Zelandiya InterNations xalqaro tashkiloti o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, migratsiya uchun eng jozibador bo‘lmagan 52 ta davlat ro‘yxatida 51-o‘rinni egalladi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar