Daryo

“Barbi” rejissyori “Narniya yilnomalari”ning yangi qismini suratga oladi

Film Klayv Steyplz Lyuisning “Sehrgarning jiyani” asarining oltinchi qismiga asoslanadi

1 daqiqa o‘qish5 516 ko‘rishlar0 izoh0

Klayv Lyuisning mashhur romaniga asoslangan “Narniya yilnomalari” filmining yangi qismini suratga olish ishlari rasman boshlandi. Kartina 2026-yil noyabr oyida Netflix va IMAX kinoteatrlarida namoyish etilishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi DiscussingFilm X ijtimoiy tarmog‘ida.

Foto: IMDb

Rejissyor va ssenariy muallifi sifatida mashhur “Barbi” filmi muallifi Greta Gervig ishtirok etadi. Film Klayv Steyplz Lyuisning “Sehrgarning jiyani” turkumidagi oltinchi qissaga asoslanadi. Ushbu kitobda Narniyaning kelib chiqishi haqida hikoya qilinadi va voqealar markazida Digori amaki tufayli sehrli dunyoni kashf etgan Kirk va Polli Plammer turadi.

Suratga olish ishlari asosan Surrey grafligida, shuningdek, London markazidagi ayrim hududlarda olib boriladi. Aktyorlar tarkibida Emma Makki, Deniyel Kreyg va Keri Malliganlar ham bor. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa Merl Strip Aslan qahramoniga ovoz berishi mumkin. Film prodyuseri sifatida esa Emi Paskal ijod qiladi.

“Narniya yilnomalari”ning yangi qismi 2026-yil noyabr oyida IMAX kinoteatrlarida premyera qilinadi. Shundan so‘ng, joriy yilning Yangi yil bayrami arafasida Netflix platformasida namoyish etiladi.

Netflix K. S. Lyuis asarlari ekranlashtirish huquqini ilk bor 2018-yilda sotib olgan. 2020-yilda esa Gervigning rejissyor va ssenariy muallifi sifatida loyihaga jalb etilishi rasman tasdiqlangan. Avvalgi ekranizatsiyalarni Disney kompaniyasi ishlab chiqqan.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar