Daryo

Qirg‘izistonda xalqaro internet trafigiga vaqtinchalik davlat monopoliyasi joriy etiladi

Bu qaror bir yil davomida amal qilishi bildirildi

1 daqiqa o‘qish4 054 ko‘rishlar0 izoh0

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatda xalqaro internet trafigini uzatish va yo‘naltirish ustidan to‘liq, ya’ni 100 foizlik davlat monopoliyasi qo‘llanishini ma’lum qildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Foto: Shiksha

Ta’kidlanishicha, mazkur chora borasida prezident farmon imzolagan bo‘lib, u 2025-yil 15-avgustidan 2026-yil 14-avgustigacha amal qiladi. Farmonga ko‘ra:

  • ElCat davlat kompaniyasi Qirg‘izistonda xalqaro internet trafigini yetkazish, uzatish hamda mamlakat orqali xalqaro ma’lumotlar tranzitini amalga oshirish bo‘yicha yakuniy qarorlar chiqaradi;
  • hozirda xalqaro trafik bilan ishlayotgan barcha telekommunikatsiya operatorlari va internet-provayderlar 2 oy ichida ElCat bilan hamkorlikka oid shartnomalar imzolashi lozim;
  • davlat Aknet kompaniyasining 100 foiz aksiyalarini ElCat tasarrufiga o‘tkazadi. Bu chora kompaniyaning texnik imkoniyatlarini mustahkamlashga qaratilgan;
  • farmon ijrosini ta’minlash uchun Prezident administratsiyasi va tegishli davlat organlari javobgar etib belgilanadi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu qaror mamlakatning raqamli va telekommunikatsiya infratuzilmasini samarali boshqarish, internet trafikni tartibga solish va aloqa sifatini yaxshilash maqsadida qabul qilinmoqda. Biroq ayrim ekspertlar bu chora internet erkinligiga ta’sir ko‘rsatishidan xavotir bildirdi.

Internet tezligi

Qirg‘izistonda internet tezligi Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarga yaqin. 2025-yil holatiga ko‘ra (Speedtest Global Index ma’lumotlariga asoslanib), mamalakatda mobil internet tezligi: 30–35 megabits atrofida. Bu kundalik foydalanish (ijtimoiy tarmoqlar, YouTube, Zoom va boshqalar) uchun yetarli bo‘lsa-da, katta fayllarni yuklash yoki professional ishlarda qiyinchiliklar tug‘diradi.

Taqiqlangan sayt va ilovalar

Qirg‘izistonda rasmiy jihatdan keng qamrovli internet senzura mavjud emas, ammo ayrim holatlarda muayyan saytlar va ilovalar vaqtincha bloklanishi mumkin. Jumladan, mamlakatda quyidagi holatlar qayd etilgan:

  • 2022—2024-yillarda hukumatga tanqidiy qaraydigan ba’zi mustaqil OAV veb-saytlari (masalan, Kloop.kg, Azattyk, 24.kg) vaqtincha bloklangan;
  • ayrim Telegram, TikTok yoki YouTube kanallari kontentlari ekstremizm yoki yolg‘on axborot tarqatish sabablari bilan cheklangan;
  • ba’zan VPN xizmatlari cheklab qo‘yiladi, ammo ular ustidan to‘liq blokirovka mavjud emas.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar