Daryo

Qirg‘izistonda Qozog‘istondagi avariya tufayli internetda uzilishlar yuz berdi

13-noyabr kuni kechqurun Qirg‘izistondagi internet foydalanuvchilari tarmoq ishlashida uzilishlarni kuzata boshlagan

1 daqiqa o‘qish19 190 ko‘rishlar0 izoh0

13-noyabr kuni kechqurun Qirg‘izistondagi internet foydalanuvchilari tarmoq ishlashida uzilishlarni kuzata boshlagan. Qirg‘iziston Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, bu hodisaga tashqi internet-provayderlar liniyasidagi nosozlik sabab bo‘lgan.

Foto: pixabay.com

“Shu munosabat bilan ayrim aloqa operatorlarida internetga kirishda vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelishi mumkin. Mutaxassislar barqaror ulanishni imkon qadar tezroq tiklash uchun barcha choralarni ko‘rmoqda”, deb ta’kidlangan vazirlikning rasmiy bayonotida.

Foydalanuvchilarning xabar berishicha, muammolar soat 20:30 dan so‘ng boshlangan. Ular internetning sekin ishlashi yoki umuman ulanishning yo‘qligidan shikoyat qilishgan.

Vazirlik faol tiklash ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Internetdagi uzilishlarga Qozog‘istondagi tashqi internet xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarning liniyasida yuz bergan nosozlik sabab bo‘lgani aniqlanmoqda.

Avvalroq Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi mamlakatda ommaviy tartibsizliklarni tayyorlash va hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallashga uringan guruhning yetti nafar aʼzosi hibsga olinganini eʼlon qildi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar