Daryo

UFC on ABC 9. Bogdan Guskov Nikita Krilov ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi (video)  

O‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi ketma-ket to‘rtinchi jangini muddatidan avval yakunlab, o‘ziga xos natijani qayd etdi

1 daqiqa o‘qish11 070 ko‘rishlar0 izoh0

Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan UFC on ABC 9 turnirida O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi yarim og‘ir vazn toifasidagi jangchi Bogdan Guskov reytingda o‘zidan yuqorida turgan rossiyalik raqibi Nikita Krilov ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jang birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan yakunlandi.

Foto: Getty Images

Guskov jangni faol boshladi va raqibiga bir necha bor kuchli zarbalar yo‘lladi. Natijada hakam jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bu mag‘lubiyat Nikita Krilov uchun ketma-ket ikkinchi, umumiy hisobda esa professional faoliyatidagi 11-mag‘lubiyat bo‘ldi.

Bogdan Guskov esa ushbu g‘alaba orqali UFC reytingida o‘z mavqeini yanada mustahkamladi. O‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi ketma-ket to‘rtinchi jangini muddatidan avval yakunlab, o‘ziga xos natijani qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Bogdan Guskov UFC promousheni doirasida hozirgacha 5 ta jang o‘tkazib, shulardan 4 martasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, 1 bahsda mag‘lubiyatga uchragan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar