Daryo

Bogdan Guskovning UFC'dagi keyingi jangi e'lon qilindi

Ayni paytda o‘zbekistonlik jangchi hisobida jami 18 ta g‘alaba va 3 mag‘lubiyat mavjud.

1 daqiqa o‘qish3 608 ko‘rishlar0 izoh3

Yarim og'ir vazn toifasidagi o'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskovning navbatdagi jangi tafsilotlari ma'lum bo'ldi.

Guskov 1-avgust kuni Serbiya poytaxti Belgradda ilk bor tashkil etiladigan UFC Fight Night turnirida oktagonga ko'tariladi.

O'sha kuni Bogdanga UFC sobiq chempioni polshalik Yan Blaxovich raqiblik qiladi.


Foto: Sports.ru

Guskov hozirda UFC reytingida o'ninchi o'rinni egallab turgan bo'lsa, Yan Blaxovich bu reytingda to'rtinchi pog'onada qayd etilgan.

Ayni paytda Bogdan Guskov hisobida jami 18 ta g‘alaba va 3 mag‘lubiyat mavjud. Yan Blaxovich esa 29 ta g‘alaba (18 tasi muddatidan avval), 11 mag‘lubiyat va 2 durang qayd etgan.

Eslatib o'tamiz, sportchilar o'rtasidagi dastlabki bahs durang bilan yakunlangandi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar