Daryo

Qozog‘istonda EC-145 harbiy vertolyoti yo‘qolib qoldi

EC-145 — Yevropada ishlab chiqarilgan ko‘p maqsadli ikki dvigatelli vertolyot bo‘lib, ham harbiy, ham fuqarolik maqsadlarida qo‘llaniladi

1 daqiqa o‘qish5 004 ko‘rishlar0 izoh0

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida EC-145 harbiy vertolyoti radarlardan yo‘qolib qoldi. Bu haqda Qozog‘iston Havo mudofaasi kuchlari matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Wikipediya

Idoraning ma’lum qilishicha, havo kemasi Jambil tumani Targap qishlog‘i hududida g‘oyib bo‘lgan.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuch va vositalarini jalb etgan holda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda”, deya ta’kidlandi Mudofaa vazirligi xabarida.

Voqea joyiga barcha holatlarni aniqlash uchun maxsus komissiya jo‘natilgan.

“100 dan ortiq kishi va 15 ga yaqin texnika vositasi, shu jumladan, aviatsiya va uchuvchisiz uchish apparatlari jalb etilgan”, deyiladi FVV xabarida.

EC-145 vertolyotlari haqida nimalar ma’lum

EC-145 — Yevropada ishlab chiqarilgan ko‘p maqsadli ikki dvigatelli vertolyot bo‘lib, ham harbiy, ham fuqarolik maqsadlarida qo‘llaniladi.

Ular quyidagi maqsadlarda faol qo‘llaniladi:

tibbiy aviatsiya va evakuatsiya;
qidiruv-qutqaruv operatsiyalari;
hududlarni patrul qilish va nazorat;
shaxsiy tarkib va yuklarni tashish;
baland tog‘lar va haroratning keskin o‘zgarishi sharoitida vazifalarni bajarish.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar