Daryo

Lamin Yamal 2024/25-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi 

Marca nashri tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada Usmon Dembele ikkinchi pog‘onani egalladi

1 daqiqa o‘qish4 827 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniyaning Marca nashri tomonidan o‘tkazilgan mavsum yakunlariga bag‘ishlangan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, “Barselona” vingeri Lamin Yamal 2023/24-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etildi. U umumiy hisobda 3310 ochko to‘plab, mazkur sovrinni qo‘lga kiritdi.

Foto: Getty Images

Ushbu ovoz berishda Marca tahririyati jurnalistlari bilan bir qatorda, Ispaniyadagi boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari, sobiq futbolchilar va murabbiylar ham ishtirok etdi. Bu esa natijaning yanada xolis va ob’ektiv bo‘lishini ta’minladi.

Ikkinchi o‘rinni 3100 ochko bilan “PSJ” vingeri Usmon Dembele egalladi. Kuchli uchlikni esa uning jamoadoshi — portugaliyalik yarim himoyachi Vitinya yakunladi, u 2732 ochko to‘pladi.

Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamal yaqinda “Barselona” klubi bilan shartnomasini 2031-yil yozigacha uzaytirdi. U iyul oyida 18 yoshga to‘lganiga qaramay, allaqachon “ko‘k-anorranglilar”ning asosiy tarkib futbolchisiga aylangan. O‘tgan mavsumda futbolchi 55 uchrashuvda maydonga tushib, 18 gol va 25 assist muallifiga aylandi. Shuningdek, jamoa bilan La Liga, Ispaniya Kubogi hamda Superkubogini ham qo‘lga kiritdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar