Daryo

Luis Enrike “PSJ” rahbariyatidan Eduardo Kamavinga transferini so‘radi

“Qirollik klubi” yarim himoyachi borasida rad etib bo‘lmas taklif olsa, sotish haqida o‘ylab ko‘radi

1 daqiqa o‘qish6 859 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike parijliklar rahbariyatidan “Real Madrid” yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga transferini so‘radi. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar berdi.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis Kamavingani “PSJ” yarim himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Enrikening fikricha, fransuz futbolchisi parijliklarning barqaror o‘yin namoyish etishga yordam beradi.

Shu bilan birga, “Real” klubi rahbariyati Kamavinganing sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatlardan xavotirda. O‘tgan mavsumda futbolchi to‘rtta turli xildagi jarohat oldi va jami 159 kunni tiklanishga sarfladi. Shu bois, agar “PSJ” “rad etib bo‘lmas” taklif jo‘natsa, “qirollik klubi” Kamavinganing kelajagini muhokama qilib ko‘radi.

Ma’lumot uchun, Kamavinga 2021-yildan beri “Real Madrid” sharafini himoya qilib keladi. Uning “qaymoqranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda 21 yoshli futbolchi barcha musobaqalar doirasida 35 ta o‘yinda qatnashib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar