Daryo

Eron Yevropaning uchta davlati bilan yadroviy muzokaralar o‘tkazadi

25-iyul kuni Istanbulda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan muzokaralarda Eron, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya ishtirok etadi

1 daqiqa o‘qish4 561 ko‘rishlar0 izoh0

Eron, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya 25-iyul kuni Istanbulda yadroviy muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi. 

Foto: Reuters

Ushbu Yevropa davlatlari so‘nggi kunlarda Tehronga qarshi xalqaro sanksiyalar qayta joriy etilishidan ogohlantirib kelayotgandi. Yadro masalasida muzokara o‘tkazish taklifi Yevropa Ittifoqi rasmiysi va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi tomonidan kelishib olingan. Ular 17-iyul kuni telefon orqali muloqot qilgan.

Yevropaning yuqoridagi uchta davlati, shuningdek Xitoy va Rossiya Eron bilan 2015-yilda yadroviy kelishuvga erishgan edi. Bu kelishuvdan AQSH 2018-yilda chiqib ketgan.

Isroil-Eron urushi oldidan Tehron va Vashington Ummon vositachiligida 5 raundlik yadroviy muzokaralar o‘tkazgan. Ammo ushbu uchrashuvlar muvafaqqiyatli yakunlanmagan. Tehron esa uning yadroviy dasturi faqat fuqarolik maqsadlariga mo‘ljallanganini ta’kidlab keladi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar