Daryo

“Manchester Siti” Vinisius uchun kurashga kirdi

Futbolchi jamoadagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanishni istamoqda. “Real” esa yangi shartnoma borasida muzokaralarni to‘xtatdi

1 daqiqa o‘qish6 388 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi hujumchi Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha olib borayotgan muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Ispaniyaning Fichajes nashri xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Manbalarga ko‘ra, Vinisius yangi kelishuv bo‘yicha shoshilmayapti. Braziliyalik futbolchi “Real”dagi eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchiga aylanishni istamoqda. Biroq klub rahbariyati bu talabni qondirish niyatida emas. Natijada tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar hozircha to‘xtab qolgan.

Shu bilan birga, futbolchiga qiziqayotgan klublar soni ortmoqda. Xususan, “Pari Sen-Jermen” va “Manchester Siti” jamoalari Vinisiusni o‘z saflariga qo‘shib olishga tayyor. Manbada aytilishicha, har ikki klub unga “Real”dan ko‘ra moliyaviy jihatdan afzalroq taklif tayyorlamoqda.

Bundan tashqari, hujumchiga Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi ham qiziqish bildirgan. U Vinisiusni rekord darajadagi — 350 million yevro evaziga xarid qilishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Vinisius Junior 2018-yildan beri “Real” safida to‘p suradi. U klub sharafini 322 ta o‘yinda himoya qilib, 106 ta gol va 83 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali braziliyalik hujumchining transfer qiymatini 170 million yevro deb baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar