Daryo

Isroil G‘azodagi minglab fuqarolik obyektlarini buzishga kirishdi (foto, video)

Yahudiy davlati Rafah xarobalari o‘rnida “gumanitar shahar” qurishini ma’lum qilgandi

1 daqiqa o‘qish6 650 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil G‘azo sektori bo‘ylab minglab fuqarolik obyektlarini buzib tashlamoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: BBC

Bu buzg‘unchilik harakatlari mart oyida HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvi bekor bo‘lgandan keyin amalga oshirilmoqda. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlar Isroil harbiylari bir qancha hududlarda katta miqdordagi vayronagarchiliklar sodir etayotganini ko‘rsatgan. Yahudiy davlati bu harakatlar “operativ nazorat ostida” amalga oshirilayotganini aytgan.

Bir nechta global huquqshunoslar Isroil Jeneva konvensiyasiga zid ravishda sektorda harbiy jinoyatlar sodir etganini aytmoqda. Konvensiyaga ko‘ra, bosqinchi kuchlar infratuzilmalarni yo‘q qilishi taqiqlanadi.

Foto: BBC

Isroil mudofaa kuchlari vakili yahudiy davlati xalqaro huquqqa muvofiq ish olib borayotganini aytmoqda. Ta’kidlanishicha, HAMAS tinch aholi punktlarida “harbiy aktivlarni yashirgan”. Vayronagarchilik ko‘lamini Misr bilan chegara yaqinidagi Rafah shahrida yaqqol ko‘rish mumkin.

Iyul oyi boshida Isroil mudofaa vaziri Kats Rafah xarobalari o‘rnida “gumanitar shahar” qurilishini ma’lum qilgandi. U 600 ming falastinlikni qamrab olishi kerak edi. Ushbu reja ko‘pchilik tomonidan qoralangan. Xususan, mamlakat sobiq bosh vaziri Ehud Olmert bu qurilishni “konslager”ga qiyoslagan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar