Daryo

President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

Tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etadi

1 daqiqa o‘qish8 146 ko‘rishlar0 izoh0

President Tech Award — texnologiya, tadbirkorlik va raqamli yechimlar sohasidagi yosh iste’dodlar uchun mamlakatdagi eng yirik tanlov. Tanlov iqtisodiyotning muhim tarmoqlari rivojiga ta’sir ko‘rsata oladigan istiqbolli loyihalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

5 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha arizalar qabuli 20-iyulga qadar uzaytirildi:

  • Sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalar
  • Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar
  • Kompyuter va mobil o‘yinlar
  • Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar
  • Micro-SaaS va AdTech sohasidagi texnologik yechimlar

Maxsus yo‘nalish: Xakatonga arizalar qabuli 10-sentyabrgacha davom etadi

Ishtirokchilar, shuningdek, eksperimental va nostandart texnologik yechimlar ko‘rib chiqiladigan maxsus toifa — Xakatonga ariza topshirishlari mumkin.

Mukofot jamg‘armasi — 1 000 000 dollar.

Beshta asosiy yo‘nalishning har biri bo‘yicha quyidagi sovrinlar mavjud:

1-o‘rin - $100 000

2-o‘rin - $50 000

3-o‘rin - $30 000

“Xakaton” maxsus yo‘nalishida g‘olib 100 000 AQSH dollari miqdorida grantga ega bo‘ladi.

Ariza topshirish uchun zarur materiallar:

  • OneID hisob
  • Loyihaning qisqacha tavsifi bilan video (3 daqiqagacha)
  • Loyihani PDF formatida taqdim etish (faylni yuklash yoki havola)
  • Loyiha prototipi havolasi (MVP)
  • GitHubdagi loyiha omboriga havola
  • Taqdimot andozasi — fayl

Ishtirok etish shartlari:

Bir ishtirokchi yoki jamoa faqat bitta asosiy va bitta maxsus yo‘nalish bo‘yicha ariza topshirishi mumkin.

Tashkiliy qo‘mita bilan kelishilgan holda jamoa tarkibida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Jamoa hajmi:

3-8 kishi — asosiy yo‘nalishlar uchun;

3-5 kishi — “Xakaton” yo‘nalishi uchun.

Tanlovda ishtirok etish bepul.

Loyihalarni ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlar qoplanmaydi.

Asosiy yo‘nalishlarda faqat 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etadi.

Maxsus yo‘nalishda IT Park rezident kompaniyalarida ishlaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ishtirok etishlari mumkin.

President Tech Award — o‘zini ko‘rsatish, moliyaviy va ekspert ko‘magini olish, shuningdek, mamlakatning texnologik kelajagiga hissa qo‘shish uchun noyob imkoniyatdir.

President Tech Award tanloviga 20-iyulgacha ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling.

Reklama huquqi asosida

Jizzaxdanman. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti teleradio jurnalistikasi yo‘nalishini bitirganman. “Daryo”da 2025-yildan beri muxbir lavozimida ishlayman va turli xil yo‘nalishda reportajlar, intervyular tayyorlayman hamda ularni saytga xabar qilib beraman. Har yili “Fantomas” filmini takror ko‘raman. “Mehrobdan chayon” (Abdulla Qodiriy publitsistikasi) ni sevib mutolaa qilaman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar