Daryo

“Barselona” Niko Uilyams va Luis Dias o‘rniga muqobil variant topdi

Kataloniyaliklar hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan

1 daqiqa o‘qish5 924 ko‘rishlar0 izoh0

“Barselona” joriy yozgi transfer oynasida yuqori saviyadagi hujumchi xarid qilishni maqsad qilgan. Kataloniyaliklar asosiy e’tiborni “Liverpul” vingeri Luis Diasga qaratmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.

Foto: Goal

Klub ilgari “Atletik Bilbao” futbolchisi Niko Uilyamsni xarid qilishga harakat qilgan, biroq bu transfer amalga oshmagan. Endilikda asosiy diqqat Luis Diasda, ammo kolumbiyalik futbolchining transfer narxi yuqoriligi sababli, klub muqobil variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” Luis Dias transferi amalga oshmay qolsa, “Atalanta” hujumchisi Ademola Luqmon bilan shartnoma imzolashni ko‘zlamoqda. Klub uning hujumdagi bir nechta pozitsiyada samarali harakat qila olishini ijobiy baholamoqda. Bergamoliklar nigeriyalik futbolchini 50 million yevro atrofidagi summa evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Transfermarkt portali esa futbolchining qiymatini 60 million yevroga baholagan.

Foto: Yahoo

Shunga qaramay, bu transferga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan muhim omil mavjud: Luqmonning agenti “Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning ham vakili hisoblanadi. Ayni paytda klub bilan nemis posboni o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan. Agar Ter Shtegen jamoani tark etsa, Luqmonning transferi ham xavf ostida qolishi mumkin.

2023/24-yilgi mavsumda 27 yoshli Luqmon barcha musobaqalar doirasida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning “Atalanta” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar