Daryo

Yaman husiylari Qizil dengizda bir hafta ichida 2 ta yuk kemasini cho‘ktirdi (video)

Husiylar kemani “Isroilga ketayotganlikda” ayblab, hujum uyushtirgan

1 daqiqa o‘qish11 356 ko‘rishlar0 izoh1

Yaman husiylari Qizil dengizda bir hafta ichida ketma-ket 2 ta yuk kemasini cho‘ktirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: BBC

Eternity C kemasi ekipajining 6 nafar a’zosi qutqarilgan, ularning kamida 3 nafari halok bo‘lgan. Liberiya bayroqli, yunonlar boshqaruvidagi kemada umumiy 25 nafar odam bo‘lgan. U 7-iyul kuni raketa granatalari zarbasidan jiddiy zarar ko‘rib, kema o‘z boshqaruvini butunlay yo‘qotgan.

Hujum 8-iyul kuni ham davom etgan. Tunda qidiruv-qutqaruv ishlari boshlangan. Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylar kemaga “Isroilga ketayotgani uchun hujum qilinganini” bildirgan.

AQSHning Yamandagi elchixonasi husiylar “hayot bo‘lgan ko‘plab ekipaj a’zolarini o‘g‘irlab ketgani”ni aytib, ularni zudlik bilan ozod qilishga chaqirgan. Ekipajning 21 nafar a’zosi filippinlik va yana biri rossiyalik ekani bildirilgan. Rossiyalik fuqaro hujumda og‘ir yaralanib, bir oyog‘idan ayrilgan.

Husiylar 6-iyul kuni Magic Seas yuk kemasiga ham raketa va dronlar uchirgan. Da’vo qilinishicha, kema “bosib olingan Falastin portlariga kirish taqiqini buzgan kompaniyaga tegishli” edi.

Guruh tomonidan 8-iyul kuni e’lon qilingan videoda qurollangan odamlar kemaga chiqib, portlash uyushtirganiga guvoh bo‘lish mumkin. Kemaning barcha 22 ekipaji o‘tib ketayotgan savdo kemasi tomonidan qutqarib qolingan.

Husiylar 2023-yil noyabr oyidan beri Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida raketa, dron va kichik qayiqlar bilan 70 ga yaqin savdo kemalariga hujum qilgan. Hozirda esa 4 ta kema cho‘ktirib yuborilgan. Beshinchi kema qo‘lga olingan va uning 7 nafar ekipaj a’zosi o‘ldirilgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar