Daryo

“Liverpul” “Roma” hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Futbolchi mersisaydliklarning hujum chizig‘i uchun ideal nomzod hisoblanadi

1 daqiqa o‘qish9 354 ko‘rishlar0 izoh0

“Roma” hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Il Romanista nashri xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, 31 yoshli argentinalik futbolchiga “Liverpul” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mersisayd klubi vakillari allaqachon futbolchining agenti bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilgan. “Liverpul” yozgi transferlar oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bunga portugaliyalik futbolchi Diogu Jotaning yaqinda avtohalokat oqibatida vafot etgani sabab bo‘lgan. Nashrga ko‘ra, Dibala ushbu pozitsiya uchun ideal nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun, Dibala 2025-yil mart oyidan beri maydonga tushmagan. U Italiya A Seriyasining 29-turidagi “Kalyari”ga qarshi bahsda jarohat olib, almashtirilgan edi.

Futbolchining “Roma” bilan shartnomasi 2026-yil iyuniga qadar amal qiladi. Dibala Rim klubiga 2022-yilning yozida erkin agent sifatida qo‘shilgan.

O‘tgan mavsumda u A Seriya doirasidagi 24 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portali Dibalaning hozirgi bozor qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar