Daryo

Instagram: Shahlo Alijonovaning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi, Ra’no Shodiyeva xalqaro kinofestivalda e’tirof etildi, Shahlo Zoirova mashinasini urib oldi

Ijtimoiy tarmoqlardagi qiziqarli foto va videolar

1 daqiqa o‘qish68 682 ko‘rishlar0 izoh1

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.

“Sevgi iztirobi” serialida Emir roli bilan tanilgan turk kinoyulduzi Kan Uranjio‘g‘li o‘g‘li bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Instabloger Maryam Tillayeva klassik uslubdagi fotosessiyasidan rasmlarni obunchalari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Shahlo Zoirova mashinasini urib olganini turmush o‘rtog‘iga qanday aytgani haqida video joyladi.

Aktrisa Durdona Qurbonova san’at oliygohini tamomlagandan so‘ng imtiyozli o‘qigani bois uch yil ishlab bergani va bu orada “o‘qimagan” degan gap-so‘zlarga qolgani haqida negativchilar uchun javob qaytardi.

Foto: Instagram

Dzyudo chempioni Diyora Keldiyorova sport maydonida chempion bo‘lsa-da, uyda kelinlik vazifalarini ham bajaradi.

O‘zbekiston xalq artisti Ozoda Nursaidova hech qachon taslim bo‘lmaslikka chaqirmoqda.

Foto: Instagram

Aktrisa Ra’no Shodiyeva Ayub Shahobiddinov rejissyorligidagi “Bahorni quvib” filmidagi roli uchun Xitoyda “Eng yaxshi aktrisa” deb topildi.

“Chol va nabira” filmi aktyori Ma’ruf Sharipov uylanish uchun qiz qidirayotganini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Instabloger, aktrisa Shahlo Alijonova va bloger Shohruz Ro‘ziboyevning nikoh oqshomi Toshkentdagi restoranlarning birida bo‘lib o‘tdi. To‘yda blogerlar Zebo Rahimova, Feruza Normatovalar kelinchak bilan birga bo‘ldi. Shahloning Instagram’dagi bloger akalari ham ikki yoshni tabriklash uchun to‘yxonaga guldastalar bilan keldi.

Toshkentdanman. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2024-yildan beri Layfstayl bo‘limida muxbir lavozimida ishlayman va maqolalar hamda videomateriallar tayyorlayman. Har yili ispan kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Невидимый гость” (“Ko‘rinmas mehmon”) filmni kamida ikki marta qayta tomosha qilaman. Imom al-Buxoriy haqidagi “Sohilsiz dengiz” kitobi yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar