Daryo

Ukraina yuqori martabali rossiyalik zobitni o‘ldirdi

U Bucha, Irpin va Gostomel shaharlarida tinch aholini o‘ldirishda ayblangan

1 daqiqa o‘qish5 390 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya harbiy-dengiz kuchlari boshlig‘i o‘rinbosari general Mixail Gudkov Ukraina tomonidan Kursk viloyatida o‘ldirildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: CNN

Rossiyaning Primorsk viloyati gubernatori Oleg Kojemyako Gudkovning o‘limi haqidagi bayonotda u bilan yillar davomida ijobiy munosabatda bo‘lganini aytgan. U Gudkovni “safdoshlari bilan birga ofitserlik burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan mustahkam irodali jangchi” deb ta’riflagan. Kojemyako generalning o‘limi haqida boshqa hech qanday tafsilot ochiqlamagan.

Rossiya Mudofaa vazirligi 3-iyul kuni Gudkovning o‘limini tasdiqlab, u Kursk viloyatidagi jangda halok bo‘lganini bildirgan. Ukraina tomondan hozircha hech qanday izoh berilmagan. Gudkov mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan Rossiya harbiy-dengiz kuchlari boshlig‘ining qirg‘oq va quruqlikdagi qo‘shinlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Ukraina harbiylari avvalroq Gudkov va sobiq 155-brigadaning boshqa a’zolarini harbiy jinoyatlar sodir etishda, jumladan, Bucha, Irpin va Gostomel shaharlarida tinch aholining o‘limida ayblagandi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar