Daryo

OAV: Isroil Rossiya bilan Eron va Suriya bo‘yicha maxfiy muzokaralar o‘tkazdi

Yahudiy davlati bosh vaziri kelasi hafta Tramp bilan uchrashishi aytildi

1 daqiqa o‘qish6 340 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil Eron va Suriya bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Rossiya bilan maxfiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Foto: Anadolu

Isroilning KAN davlat telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Tel-Aviv Eron va Suriya masalasini diplomatik yo‘l bilan hal qilish maqsadida Rossiyaning yuqori martabali amaldorlari bilan aloqalarni davom ettirmoqda.

Qayd etilishicha, Isroil va Tehron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish rejimi e’lon qilinganidan bir hafta o‘tgach, yahudiy davlati Moskva bilan aloqa o‘rnatgan. Bu Rossiyaning ikki davlat o‘rtasida vositachi bo‘lish taklifidan keyin sodir bo‘lmoqda. Xabarda muzokaralar mazmuni haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Shu bilan birga, Isroil AQSH bilan Eron masalasida kelishuvga erishmoqchi ekani aytilgan. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu kelasi hafta Vashingtonga tashrifi chog‘ida Donald Tramp bilan bu masalani muhokama qilmoqchi ekani bildirilgan. Aytilishicha, Isroil tomoni Eron bo‘yicha avvalroq Livan bilan erishilgan kelishuvga o‘xshash asosiy tamoyillarni belgilab olmoqchi.

Isroilning Eronga qarshi 13-iyunda boshlangan hujumlari 24-iyunda Tramp o‘t ochishni to‘xtatish haqida e’lon qilganidan keyin yakunlangandi. Ushbu sulhdan so‘ng Isroilda Suriya bilan muzokaralar olib borish istagi paydo bo‘lgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar