Daryo

Luis Enrike tarixdagi eng zo‘r futbolchi nomini aytdi

Ispaniyalik mutaxassis Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 final doirasidagi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

1 daqiqa o‘qish15 942 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubini boshqarayotgan ispaniyalik murabbiy Luis Enrike 2025-yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati chorak finali oldidan “Inter Mayami” futbolchisi Lionel Messi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Foto: Getty Images

Uning ta’kidlashicha, argentinalik hujumchi futbol tarixidagi eng buyuk futbolchi hisoblanadi:

Mening nazarimda, Lionel Messi — futbol tarixidagi eng buyuk futbolchi. U so‘nggi 10–15-yil davomida o‘zining yuqori sport formasini saqlab kelmoqda. Leo — buyuklik timsoli. Har uch kunda o‘yin ko‘rsatib, yuqori saviyani saqlab qolish — ajoyib natija. Men uni mashg‘ulotlarda ko‘rganman. U bajargan ishlar shunchaki aqlbovar qilmas darajada edi, — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi All About Argentina nashri.

Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike avval “Barselona” klubini boshqargan va aynan o‘sha davrda Lionel Messi bilan birga ishlagan.

“PSJ” hamda Messi to‘p surayotgan “Inter Mayami” o‘rtasidagi 1/8 final doirasidagi bahs 29-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin O‘zbekiston vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar