Daryo

“Isroil bilan urushdan ko‘rilgan zarar jiddiy” — Eron tashqi ishlar vaziri

Vazir AQSH bilan yadroviy muzokaralarga qaytish ehtimolini baholadi

1 daqiqa o‘qish11 078 ko‘rishlar0 izoh0

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Isroil bilan 12 kunlik urush davomida ko‘rilgan zarar “jiddiy” ekanini ta’kidladi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Foto: Al Arabiya

Aroqchi urushda ko‘rilgan zarar hozirda Eron Atom energiyasi tashkiloti tomonidan baholanayotganini aytmoqda. 

“Zararni batafsil baholash Eron Atom energiyasi tashkiloti ekspertlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Zararni undirish masalasi hukumatning kun tartibida yuqori o‘rinda turibdi”, dedi vazir.

U Eron Qo‘shma Shtatlar bilan yadroviy muzokaralarni qayta boshlashga tayyorlanayotgani haqidagi taxminlarni qat’iyan rad etgan.

“Muzokaralar qayta tiklanishi haqidagi ba’zi taxminlarni jiddiy qabul qilmaslik kerak. Shuni aniq aytmoqchimanki, yangi muzokaralarni boshlash uchun hech qanday kelishuv yoki suhbat o‘tkazilmagan. Muzokaralarni boshlash rejasi tuzilmagan”, deb izoh bergan Aroqchi.

Vazirning aytishicha, BMT bilan yadroviy hamkorlikni to‘xtatish to‘g‘risidagi qonun loyihasi qonunchilar tomonidan qabul qilingan. 

“Bundan buyon Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan munosabat va hamkorligimiz yangicha tus oladi”, dedi u.

AQSHning Eron yadroviy obyektlariga hujumi

22-iyunga o‘tar kechasi AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH qurolli kuchlari Erondagi uchta yadroviy obyekt — Fordo, Natanz va Isfahonga muvaffaqiyatli hujum uyushtirganini ma’lum qilgan. U Tehron mojaroni to‘xtatishga rozi bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan. 

23-iyun kuni Eron Qatardagi Amerika harbiy bazalariga qarshi operatsiya boshlagan. AQSHning Iroqdagi bazasi ham hujumga uchragan. Qatar o‘z hududidagi harbiy bazaga berilgan zarbalardan so‘ng Eronning harakatlarini qat’iy qoralagan. Mamlakat bevosita javob berishga haqli ekanini bildirgan. Qatarning bayonotini Saudiya Arabistoni ham qo‘llab-quvvatlagan. Shundan so‘ng, Yaqin Sharqdagi mojaro kuchayishi sababli bir qator davlatlar o‘z havo hududini yopgan. 24-iyun kuni Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sulh kuchga kirgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar