Daryo

“Eronga qarshi urush hali tugamagan” — isroillik general

Yahudiy davlati endilikda HAMASni yo‘q qilishini ta’kidladi

1 daqiqa o‘qish7 348 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil armiyasi shtab boshlig‘i Eyal Zamir Eronga qarshi urush hali tugamaganini ma’lum qildi. Bu haqda Iran International xabar berdi.

Foto: The Times of Israel

General tegishli bayonotni Eron-Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sulh joriy etilgach e’lon qilgan.

“Muhim bobni yakunlayapmiz, ammo Eronga qarshi urush tugamadi. Biz joriy harbiy harakatda erishilgan yutuqlarga asoslangan yangi bobga o‘tmoqdamiz”, dedi Zamir.

Zamir 12 kunlik urush davomida Eronning yadroviy va raketa dasturlari sezilarli darajada yakson qilinganini aytgan. U Isroil harbiylari va frontorti qo‘mondonligining harakatlarini yuqori baholagan.

“Bu misli ko‘rilmagan yutuqqa qaramay, biz oyoqda mustahkam turishimiz kerak. Oldinda hali ko‘p qiyinchiliklar bor. Diqqatimizni jamlashimiz lozim, yutuqlarimiz bilan xotirjam bo‘lishga vaqt yo‘q. Endi e’tibor G‘azoga — garovga olinganlarni qaytarish va HAMAS boshqaruvini yo‘q qilishga qaratiladi”, deya qo‘shimcha qilgan.

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida 24-iyun kuni ma’lum qilgan edi. Eron xavfsizlik kengashi sulhga erishilganini tasdiqlab, Isroil ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qilgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar