Daryo

“Al-Hilol” Osimhen va Teo Ernandes transferini tezroq yakunlamoqchi

Hozirda tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda

1 daqiqa o‘qish3 577 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi Italiya A Seriyasining ikki futbolchisi — “Napoli” hujumchisi Viktor Osimhen va “Milan” himoyachisi Teo Ernandesni o‘z safiga qo‘shib olish uchun takliflarini yaxshilagan. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira o‘zining X (avvalgi Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Sempremilan

Manbaga ko‘ra, “Al-Hilol” rahbariyati har ikki futbolchini imkon qadar tezroq jamoaga olib kelishni rejalashtirmoqda. Hozirda tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.

Avvalroq OAVda “Al-Hilol” Osimhenga yiliga 50 million yevro miqdorida maosh taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bungacha 26 yoshli nigeriyalik futbolchi yiliga 30 million yevro taklif qilingan dastlabki variantni rad etgani aytilgan. Shuningdek, klub uning “Napoli” bilan amaldagi shartnomasini bekor qilish uchun 75 million yevro miqdorida tovon puli to‘lashga tayyorligini bildirgan.

Teo Ernandes borasida “Milan” va “Al-Hilol” 30 million yevro evaziga kelishuvga erishgani, qo‘shimcha ravishda 5 million yevro bonus tarzida to‘lanishi mumkinligi haqida ma’lumotlar tarqalgan. Biroq keyinchalik bu kelishuv rasman tasdiqlanmagani va futbolchining transferga hozircha rozilik bermagani ma’lum qilindi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar