Daryo

“Qo‘shnilar” bahsi, braziliyaliklar hissasi va yirik hisobdagi g‘alaba: “Navbahor” va “OKMK” o‘yinidan fotogalereya

O‘zbekiston Superligasining 13-turidan o‘rin olgan bahsda Namanganning “Navbahor” jamoasi o‘z maydonida “OKMK”ni qabul qildi

1 daqiqa o‘qish4 795 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Superligasining 13-turidan o‘rin olgan bahsda Namanganning “Navbahor” jamoasi o‘z maydonida “OKMK”ni qabul qildi.

Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov

Joriy mavsumda har ikki jamoa yaxshi natijalar qayd etayotgani, turnir jadvalida ham deyarli qo‘shni bo‘lgani bois mazkur o‘yin ushbu turning markaziy bellashuvi maqomida edi. Shuning uchun mazkur uchrashuvga eʼtibor mutaxassis va muxlislar tomonidan yuqori bo‘ldi.

Ilk daqiqalardan tashabbusni o‘z qo‘liga olishga intilgan mezbonlar tezkor gol urdi. Alisher Odilovning chap qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga oshirgan to‘pini Zabihillo O‘rinboyev darvozaga joylab, hisobni ochdi – 1:0.

Bellashuvning 35-daqiqasida “lochinlar” standart vaziyatdan so‘ng hisobdagi farqni oshirdi. Braziliyalik himoyachi Gilyerme Gedesh vaziyatdan unumli foydalanib, “Navbahor” tanaffusga 2:0 hisobidagi ustunlik bilan chiqib ketishini taʼminladi.

Uchrashuvning asosiy vaqtiga hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalar davom etayotgan paytda zaxiradan maydonga tushirilgan braziliyalik hujumchi Augusto Pedro gol urib, yakuniy hisobning yirik – 3:0 ko‘rinish olishini taʼminladi.

“Navbahor” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari soni 23 taga yetkazib, turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab oldi.

“Daryo” “Navbahor” va “OKMK” o‘rtasidagi o‘yindan fotogalereya tayyorladi.

Fotolar muallifi Oqilxon Mamajonov.

Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov
Foto: “Daryo” / Oqilxon Mamajonov

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar