Daryo

Superliga. “Navbahor” minimal hisobda g‘alaba qozondi

O‘zbekiston chempionati 9-turi doirasidagi navbatdagi bahs Namanganda bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish4 984 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Superligasi 9-turi doirasidagi “Navbahor” — “Xorazm” bahsi yakuniga yetdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechgan uchrashuvda namanganliklar minimal hisobda g‘alaba qozondi.

Foto: “Navbahor” matbuot xizmati

Uchrashuvning dastlabki bo‘limida hisob ochilmadi, lekin ikkinchi taymda “Navbahor” “Xorazm” darvozasini ishg‘ol qildi. 50-daqiqada Zabihillo O‘rinboyev penaltidan gol kiritib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 

Mazkur hisob uchrashuv oxirigacha o‘zgarmadi va Sergey Lushchan jamoasi hisobiga 3 ochko yozdirib qo‘ydi. Qo‘lga kiritilgan g‘alabadan keyin “Navbahor” hisobidagi ochkolar soni 14 taga yetdi va turnir jadvalida 6-o‘ringa chiqib oldi. “Xorazm” esa 8 ochko bilan 13-pog‘onani band etgan.

O‘zbekiston Superligasi

9-tur

11-may, yakshanba

“Navbahor” — “Xorazm” 1:0

Gol: 1:0 — O‘rinboyev (50, penalti)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar