Daryo

Netanyaxu AQSHni Eron bilan urushga tortish uchun Trampni aldamoqda — OAV

AQSH prezidentining Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroga aralashish bo‘yicha pozitsiyasidagi o‘zgarishlar ba’zi tahlilchilarni Trampning aniq strategiyasi yoki “o‘yinning yakuniy maqsadi” yo‘q bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelishga undagan

1 daqiqa o‘qish3 836 ko‘rishlar0 izoh0

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSHni Eron bilan keng ko‘lamli urushga kiritish maqsadida AQSH prezidenti Donald Trampni aldamoqda. Bu haqda Milliy Eron—Amerika kengashi prezidenti Jamol Abdi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Al Jazeera.

Foto: Israel GPO

Nashrning ta’kidlashicha, AQSH prezidentining Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroga aralashish bo‘yicha pozitsiyasidagi o‘zgarishlar ba’zi tahlilchilarni Trampning aniq strategiyasi yoki “o‘yinning yakuniy maqsadi” yo‘q bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelishga undagan.

Ekspertning fikricha, Trampning so‘nggi bayonotlarining ehtimoliy sababi “Netanyaxuning uni aldab, Qo‘shma Shtatlarni Eron bilan keng ko‘lamli urushga tortishga urinishi” bo‘lishi mumkin.

Abdi Amerika yetakchisining bunday xatti-harakatiga yana bir izoh sifatida Trampning Eronni “to‘liq taslim bo‘lish” talablarini qabul qilishga majburlash uchun kuch bilan tahdid qilish orqali o‘z ta’sirini oshirishga intilayotganini keltirgan.

“Menimcha, u o‘zini oldindan aytib bo‘lmaydigan telba qilib ko‘rsatishga urinmoqda. Shu yo‘l bilan u Eron o‘n yillar davomida rad etib kelgan juda qattiq talabni, ya’ni uran boyitish dasturini butunlay to‘xtatishni talab qilmoqchi”, dedi Jamol Abdi.

Bundan oldin Oq uy Tramp ikki hafta ichida Eronga zarba berish bo‘yicha qaror qabul qilishini ma’lum qilgandi. Ta’kidlanishicha, Amerika yetakchisi bu qarorini Eron bilan muzokaralar o‘tkazish ehtimoli oshgani bilan izohlagan.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar