Daryo

Kambodja Tailand meva-sabzavotlari va seriallarini taqiqladi

Har ikki davlat bir-birining fuqarolari uchun viza muddatini qisqartirgan

1 daqiqa o‘qish3 716 ko‘rishlar0 izoh0

Kambodja Tailandning meva va sabzavotlar importini, shuningdek seriallarini taqiqladi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Foto: The Guardian

Bu taqiq janubi-sharqiy Osiyodagi qo‘shnilar o‘rtasidagi uzoq davom etgan chegara mojarosi tufayli yuzaga kelgani aytilmoqda. May oyida qo‘shinlar chegaradagi bahsli hududda qisqa muddatli otishma uyushtirib, Kambodja askarlari o‘ldirilganida keskinlik avj olgan edi.

Tailand so‘nggi kunlarda Kambodja bilan chegarada cheklovlar joriy qilgan. Kambodja esa Tailand filmlarini televideniye va kinoteatrlarda ko‘rishni taqiqlagan, chegara nazorat punktini yopib, Tailanddan internet o‘tkazuvchanligini qisqartirgan. Har ikki davlat bir-birining fuqarolari uchun tashrif buyuruvchilarning viza muddatini qisqartirgan.

17-iyun kunidan Kambodja Tailand meva va sabzavotlari taqiqini kuchga kiritgan. Bunga 2023-yilda o‘g‘liga topshirgunga qadar mamlakatni qariyb 40 yil boshqargan Kambodjaning sobiq rahbari Xun Senning ultimatumi sabab bo‘lgan.

Bayroqlar va mamlakat yetakchilarining suratlarini ko‘targan o‘n minglab kambodjaliklar 18-iyun kuni hukumat pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun rasmiy miting o‘tkazishga Pnompen ko‘chalariga chiqqan.

Foto: The Guardian

Kambodja Xalqaro suddan chegara mojarosini hal qilishni so‘ragandi. Biroq Tailand sudning yurisdiksiyasini qabul qilmasdan, masalani to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga undagandi.

Uzoq davom etgan nizo, 1953-yilgacha Kambodjani egallab turgan Fransiya birinchi marta quruqlik chegarasini xaritaga tushirgan paytga to‘g‘ri keladi. 2003-yilda tailandlik mashhur inson Kambodjaning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Angkor Vat ibodatxonasi yurisdiksiyasini shubha ostiga olgandan so‘ng, isyonchilar Pnompen shahridagi Tailand elchixonasi va Tailand biznesini yoqib yuborgandi.

Foto: The Guardian

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar