Daryo

Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi yakunlandi

Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi

1 daqiqa o‘qish8 424 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ostona shahriga amaliy tashrifi dasturidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Kecha, 3-iyul kuni davlat rahbari Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazib, ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun prezident Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida va “SHHT +” formatidagi uchrashuvda ishtirok etib, tashkilot makonida ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Ostona xalqaro aeroportida O‘zbekiston prezidentini Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar