Daryo

Polsha havo hududini qo‘riqlash uchun qiruvchi samolyotlarni ishga soldi

Harakat NATO bilan birga amalga oshirilgan

1 daqiqa o‘qish5 508 ko‘rishlar0 izoh0

Polsha va NATO davlatlari 9-iyun kuni Polsha havo hududini himoya qilish uchun qiruvchi samolyotlarni osmonga ko‘tardi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Foto: Euronews

Rasmiylarning ta’kidlashicha, Rossiyaning Ukraina g‘arbiy chegarasiga zarba bergandan so‘ng bu choralar ko‘rilgan. Polsha harbiylari barcha mavjud kuchlar va vositalarni hamda quruqlikdagi havo mudofaasini faollashtirgan.

Polsha qurolli kuchlariga ko‘ra, bu choralar Rossiya adashgan raketalari Polshaga kirib kelishi mumkinligidan xavotirda xavfli hududlar yaqinidagi hududlarda xavfsizlikni ta’minlash uchun qo‘llanilgan.

“Rossiyaning Ukraina hududiga intensiv havo hujumi munosabati bilan Polsha va ittifoqchi samolyotlarning Polsha havo hududidagi faoliyati ertalabki soatlarda boshlandi”, deyiladi Polsha Qurolli kuchlari tezkor qo‘mondonligi xabarida.

Polsha havo hududi buzilgani haqida xabar berilmagan.

“Polsha harbiylari Ukraina hududidagi vaziyatni doimiy ravishda kuzatib bormoqda va Polsha havo hududining xavfsizligini ta’minlash uchun doimiy shay holatda turibdi. Biz NATO harbiy-havo kuchlariga ittifoqchilarni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiramiz”, deyiladi armiya qo‘mondonligi press-relizida.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar