Daryo

“Al-Hilol” yana bir yulduzni Saudiya chempionatiga olib kelmoqchi

Nigeriyalik futbolchiga Turkiyadan ham jiddiy taklif bor

1 daqiqa o‘qish4 986 ko‘rishlar0 izoh0

O‘tgan mavsum “Galatasaroy”da ijara asosida o‘ynagan “Napoli” hujumchisi Viktor Osimhen ikkita rasmiy taklif oldi — biri Turkiyadan, ikkinchisi esa Saudiya Arabistonidan. Bu haqda jurnalist Patrik Berger o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasi orqali xabar berdi.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, “Galatasaroy” 26 yoshli nigeriyalik futbolchiga to‘rt yillik shartnoma asosida yiliga 15 million yevro maosh to‘lashini ma’lum qilgan. Bu — klub tarixidagi eng katta moliyaviy taklif hisoblanadi. Saudiya Arabistonining “Al-Hilal” klubi esa soliqlardan tashqari yillik 40 million yevro maosh to‘lashga tayyor.

Shuningdek, Osimhen Istanbulda o‘zini baxtli his qilayotgani ta’kidlanmoqda. Shu bois , “Galatasaroy” futbolchining transferi uchun “Napoli”ga 60–65 million yevro miqdorida tovon puli to‘lashga tayyor, biroq uning shartnomasidagi to‘lov bandi 75 million yevroni tashkil qiladi. Uning kelajagi bo‘yicha qaror yaqin kunlarda qabul qilinishi kutilmoqda.

Osimhen 2024/25-yilgi mavsum “Galatasaroy” tarkibida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 32 ta gol va 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning “Napoli” bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil yozigacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, hozir “Al-Hilol”da Jaou Kanselu, Kalidu Kulibali va Ruben Nevesh kabi futbolchilar to‘p suradi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar