Daryo

Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

U Yevropa va Markaziy Osiyodan ISHID jangarilarining ko‘chib o‘tishini muvofiqlashtirgan

1 daqiqa o‘qish9 859 ko‘rishlar0 izoh0

Pokiston va Afg‘oniston chegarasida razvedka xizmati operatsiyasi natijasida ISHID rahbarlaridan biri qo‘lga olindi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Foto: Anadolu

Ma’lum qilinishicha, operatsiya Turkiya va Pokiston razvedka xizmatlari tomonidan amalga oshirilgan.

Qo‘shma operatsiyasi davomida “to‘q sariq” toifasi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan ISHID yetakchilaridan biri O‘zg‘ur Altun qo‘lga olindi, deyiladi xabarda.

Turkiya razvedkasi ta’kidlashicha, mazkur operatsiya natijasida ISHIDning Turkiyaga qarshi harakat rejalari barbod qilingan. ISHID tomonidan olib borilgan jangarilarni yollash jarayonlari aniqlanib, tashkilotga tegishli raqamli materiallar, shuningdek, harakatlar rejasi qo‘lga kiritilgan.

Qo‘lga olingan shaxs Abu Yosir Al Turkiy taxallusi bilan ham tanilgan, kelib chiqishi turk hisoblanadi. U ISHIDning media va logistika tarmoqlari faoliyatida muhim rol o‘ynagan.

U Turkiya va butun Yevropadagi konsert maydonlari va boshqa fuqarolik obyektlariga hujumlar tayyorlashda ayblanmoqda, deyiladi xabarda.

Turkiya razvedkasi Altunning faoliyatini kuzatgan va u Yevropa hamda Markaziy Osiyodan Afg‘oniston va Pokistonga ISHID jangarilarining ko‘chib o‘tishini muvofiqlashtirgan degan xulosaga kelgan.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar