Daryo

Kannavaro YCHL finalida favorit kimligini aytdi

“Umid qilamanki, Tyuram gol uradi, yaqinda unga xabar yubordim”, deydi sobiq futbolchi

1 daqiqa o‘qish8 460 ko‘rishlar0 izoh0

Italiya futboli afsonasi Fabio Kannavaro Yevropa Chempionlar Ligasi finalida qaysi jamoa favorit ekanligini aytdi.

Foto: Getty Images

JCH g‘olibi italiyalik sifatida kubokni “Inter” uyga olib kelishini kutayotganini taʼkidladi.

“Fikrimcha, ‘Inter‘ — favorit, garchi ular nafaqat hujum, balki himoya jihatidan ham ‘Barselona‘ni eslatadigan jamoaga qarshi o‘ynashsa ham. Ha, bu qiyinroq bo‘ladi.

Umid qilamanki, Tyuram gol uradi, yaqinda unga xabar yubordim. ‘Inter‘ sovrinni Italiyaga olib keladi, chunki bu bizga kerak”, – deydi sobiq futbolchi.

Avvalroq braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldo Yevropa Chempionlar ligasi finalida qaysi jamoa g‘alaba qozonishi bo‘yicha taxminini aytgandi.

Ma‘lumot uchun, YCHL finali Toshkent vaqti bilan 31-maydan 1-iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar