Daryo

Ronaldo Chempionlar Ligasi finalida qaysi jamoa g‘alaba qozonishini taxmin qildi

Braziliyalik futbol afsonasi mazkur jamoaning natijalariga befarq emasligini aytdi

1 daqiqa o‘qish16 749 ko‘rishlar0 izoh0

Braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldo Yevropa Chempionlar ligasi finalida qaysi jamoa g‘alaba qozonishi bo‘yicha taxminini aytdi. 

Foto: Getty Images

Ronaldoning aytishicha, finalda “Inter” g‘alaba qozonadi.

“Bu mening muxlis sifatida fikrim. Klub bilan juda yaxshi aloqadaman. U yerda muhim onlarimni o‘tkazganman, shuning uchun jamoaning natijalariga befarq emasman. To‘g‘risi, “Inter” yana Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishini xohlayman”, —  deydi braziliyalik futbol afsonasi.

Ronaldo futbolchilik faoliyati davomida “Kruzeyro”, PSV, “Barselona”, “Inter”, “Real”, “Milan” va “Korintians” kabi jamoalarda o‘ynagan.

Ma‘lumot uchun, YECHL finali Toshkent vaqti bilan 31-maydan 1-iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar