Daryo

Ukraina va Rossiya asirlar ayirboshlashni yakunladi (foto)

Uch kun ichida “1000 ga 1000” formatida asirlar ayirboshlandi

1 daqiqa o‘qish7 512 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya va Ukraina Istanbulda erishilgan kelishuv asosida “1000 ga 1000” formatida asirlar ayirboshlashni yakunladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Asirlar ayirboshlash uch kun davom etgan, 25-may kuni har ikki tomon 303 nafardan harbiy almashgan.

Ayni vaqtda Rossiya harbiy xizmatchilari Belarus hududida bo‘lib, u yerda ularga zarur psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, deyiladi vazirlik bayonotida.

Rossiya Mudofaa vazirligi asirlar almashinuvning keyingi bosqichlari rejalashtirilmaganini ma‘lum qilgan.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Shunday qilib, 16-may kuni Istanbulda erishilgan Rossiya-Ukraina kelishuvlariga muvofiq, 23-25-may kunlari Rossiya va Ukraina tomonlari 1000 kishi uchun 1000 formulasi bo‘yicha almashishni amalga oshirdi, deyiladi xabarda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham asirlar almashinuvini tasdiqlagan.

303 nafar ukrainalik himoyachi uyda. Turkiyada kelishilgan 1000 ga 1000 almashishning uchinchi qismi yakunlandi. Ushbu almashinuvni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kechayu kunduz ishlagan jamoaga rahmat. Biz, albatta, har bir odamni rus asirligidan qaytaramiz!, degan Zelenskiy.
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ma‘lumot o‘rnida, 24-may kuni Rossiya va Ukraina keng ko‘lamli mahbuslar almashinuvining ikkinchi bosqichi doirasida 307 nafar harbiy xizmatchini bir-biriga yetkazdi.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

23-may kuni esa tomonlar 390 nafar fuqaroni: mos ravishda 270 nafar harbiy va 120 nafar fuqaroni bir-biriga topshirdi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar