Daryo

Superliga. “Andijon” o‘z maydonida “Surxon”ni mag‘lub etdi

“Andijon” 10 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi

1 daqiqa o‘qish5 026 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 11-turidan o‘rin olgan uchrashuv 23-may, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Andijon” klubi matbuot xizmati

Unda Andijonning “Andijon” klubi o‘z maydonida Surxondaryoning “Surxon” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda andijonliklar kambek qilib, g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida Dostonbek Tursunov hisobni ochdi. Birinchi bo‘limda hisob boshqa ochilmadi.

Ikkinchi bo‘lim avvalida esa Bektemir Abdumannonov gol urib, hisobni tenglashtirdi. 55-daqiqaga kelib Doniyor Abdumannopov ham gol urdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi va andijonliklar uch ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alaba bilan “Andijon” 10 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi. “Surxon” esa 14 ochko bilan 8-o‘rindan joy olgan.

Superliga

11-tur

23-may, juma

“Andijon” — “Surxon” 2:1

Gollar: 0:1 – 5, Dostonbek Tursunov, 1:1 – 48, Bektemir Abdumannonov, 2:1 – 55, Doniyor Abdumannopov.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar