Daryo

Superligada mehmon jamoalarga atalgan kun: “Surxon” va “Dinamo” muhim g‘alabaga erishdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-tuidan o‘rin olgan so‘nggi ikkita uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.

1 daqiqa o‘qish4 500 ko‘rishlar0 izoh3

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-tuidan o‘rin olgan so‘nggi ikkita uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. “Surxon” mehmonda “Andijon”ni, “Dinamo” esa “Qizilqum”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

“Andijon” — “Surxon”

Turning eng shiddatli uchrashuvlaridan biri Andijondagi “Bobur arena” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda “Andijon” jamoasi Termizning “Surxon” klubini qabul qildi.

64-daqiqada Richard Fraydey termizliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, 73-daqiqada Usmonali Ismonaliyev muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 77-daqiqada Sarvar Abduhamidov mehmonlarga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi — 1:2.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Surxon” ochkolari sonini 15 taga yetkazib, turnir jadvalining 10-pog‘onasiga ko‘tarildi. “Andijon” esa 16 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi.

“Surxon” 23-iyul kuni 13-tur doirasida “Dinamo”ni qabul qiladi. “Andijon” esa 22-iyul kuni “Lokomotiv” klubi bilan bahs olib boradi.

O‘zbekiston Superligasi, 12-tur

“Andijon” — “Surxon” 1:2

Gollar: 1:0 — Richard Fraydey (64), 1:1 — Usmonali Ismonaliyev (73), 1:2 — Sarvar Abduhamidov (77)

“Qizilqum” — “Dinamo”

Turning yana bir qiziqarli kechgan o‘yinida Navoiyning “Qizilqum” klubi o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo”sini qabul qildi. Uchrashuv 1:2 hisobida Samarqand klubining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida Firdavs Abdurahmonov, 29-daqiqada Anvar Hojimirzayev gol urib mehmonlarning ustunligini ta’minladi. 55-daqiqada esa “Dinamo” futbolchisi Haris Haydarevich avtogol muallifiga aylandi — 1:2. Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarishsiz qoldi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Dinamo” 14 ochko bilan turnir jadvalida 11-o‘ringa ko‘tarildi. “Qizilqum” esa 13 ochko bilan 13-pog‘onadan joy olgan.

“Dinamo” 23-iyul kuni 13-tur doirasida “Surxon” maydoniga safar qiladi. “Qizilqum” esa xuddi shu kuni “Navbahor” bilan bahs olib boradi.

O‘zbekiston Superligasi, 12-tur

“Qizilqum” — “Dinamo” 1:2

Gollar: 0:1 — Firdavs Abdurahmonov (22), 0:2 — Anvar Hojimirzayev (29), 1:2 — Haris Haydarevich (avtogol, 55)

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar