Daryo

Lamin Yamal “Barselona”da eng ko‘p maosh oluvchi 3-futbolchiga aylanadi

Ispaniyalik futbolchi va klub o‘rtasidagi yangi shartnoma shartlari ma’lum bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish26 499 ko‘rishlar0 izoh0

“Barselona” klubi 17 yoshli Lamin Yamal bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi kataloniyaliklar bilan 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan bitim imzolaydi. Shartnoma moliyaviy jihatdan ham ancha yaxshilangan: Skira ma’lumotiga ko‘ra, Yamalning yillik maoshi 9 million yevroni tashkil etadi va bu ko‘rsatkich har yili oshib boradi va uning yillik ish haqi 18 million yevrogacha yetishi kutilmoqda. U “Barsa”da de Yong va Levandovskidan keyin eng ko‘p maosh oladigan futbolchilar uchligiga kiradi.

Avvalroq kataloniyaliklar futbolchi 18 yoshga to‘lgan kuni yangi shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, o‘sha kuni Laminga 10-raqam ham berilishi aytilgandi.

Yamal 2024/25 yilgi mavsumda ajoyib statistikani qayd etdi: u 54 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 21 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning hozirgi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali Yamalning qiymatini 180 millon yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar