Daryo

Lamin Yamal “Barselona”da yangi raqam ostida o‘ynaydi

Kataloniyaliklar 17 yoshli futbolchiga afsonaviy raqamni taqdim etishmoqchi

1 daqiqa o‘qish9 135 ko‘rishlar0 izoh1

“Barselona” futbolchisi Lamin Yamal keyingi mavsumdan 10-raqam ostida maydonga tushadi. Bu haqda Managing Barca nashriga tayanib Championat xabar berdi.

Foto: Getty Images

17 yoshli futbolchi hozir 19-raqam ostida o‘ynamoqda, ammo Lamin 13-iyul kuni 18 yoshga to‘ladi va kataloniyaliklar bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi. Shundan keyin futbolchi o‘zining yangi raqamini qabul qilib olishi aytilmoqda. Oldin bu raqamdan Lionel Messi, Ronaldinyo, Diego Maradona kabi futbol afsonalari foydalangan. Hozirda 10-raqam Ansu Fatiga tegishli.

Manbaga ko‘ra, Yamal “Barselona” bilan yangi bitim bo‘yicha kelishuvga erishgan. Unda futbolchini sotib olish uchun belgilangan tovon puli miqdori 1 milliard yevroni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, Yamal joriy mavsum “Barselona” safida 54 o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 18 ta gol va 25 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar