Daryo

“Barselona”dan rasmiy bayonot: Yamal mavsum oxiriga qadar safdan chiqdi

18 yoshli futbolchi Ispaniya La Ligasining 32-turidan o‘rin olgan “Selta Vigo”ga qarshi bahsda jarohat olib, maydonni tark etgan edi.

1 daqiqa o‘qish3 457 ko‘rishlar0 izoh2

“Barselona” klubi Ispaniya La Ligasining 32-turidan o‘rin olgan “Selta Vigo”ga qarshi bahsda jiddiy yo‘qotishga uchradi. O‘yin taqdirini hal qilgan penaltini aniq amalga oshirganidan bir necha daqiqa o‘tib, Lamin Yamal sonining orqa qismini ushlagancha maydonga yiqildi. Klub tibbiy shtabi uni darhol tekshiruvdan o‘tkazdi va o‘yinni davom ettira olmasligini ma’lum qildi; uning o‘rniga Runi Bardagji maydonga tushdi.

O‘yindan keyingi dastlabki xabarlarda yosh iqtidor egasining son mushagi yirtilgani va bu uning uchun mavsum yakunlanganini anglatishi ma’lum bo‘ldi. Biroq Lamin Yamal Jahon chempionatida ishtirok etishi mumkin. Bu haqda “Barselona” matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida asosiy jamoa a’zosi Lamin Yamal chap oyog‘i son mushagidan jarohat olgani tasdiqlandi. Futbolchi konservativ davolanish rejasiga amal qiladi. U joriy mavsumning qolgan o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi, biroq Jahon chempionatiga qadar safga qaytishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Lamin Yamal joriy mavsumda “Barselona”ning eng asosiy o‘yinchisi bo‘lib kelayotgan edi. U barcha turnirlar doirasida 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

“Ko‘k-anorranglilar” Ispaniya La Ligasining 32-turi doirasida “Selta” ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Klub turnir jadvalida 82 ochko evaziga 1-o‘rinni egallab turibdi va eng yaqin ta’qibchisi — “Real Madrid”ni 9 foiz emas, balki 9 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar